Munosabatlar
February 29
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali fuqaro haligacha VoLTE texnologiyasi xizmatdan butun mamlakat boʻylab foydalanish imkoniyati mavjud emasligiga e’tiroz bildirib murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, mazkur masala yuzasidan kerakli ma’lumotlar berilganligi bildiriladi.