Munosabatlar
Today

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi "Я- Самаркандец" guruhi orqali fuqaro internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligi ta’kidlangan murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olingan va bu haqda murojaatchiga dastlabki ma’lumot berilgan.

Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati