Munosabatlar
August 2, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Кушербаевга мурожаат” Telegram kanali orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtkul tumani Kumbaskan OFY hududida yashovchi fuqaro UZTELECOM mobil operatori raqamiga qo‘ng‘iroq qilinsa, hech qanday ogohlantirishlarsiz “Ovozli pochta” xizmati yoqilib abonent hisobidan pul yechib qolinayotganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya quyidagilarni ma’lum qiladi. Haqiqatan ham UZTELECOM mobil operatori tomonidan qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda “Ovozli pochta” xizmati yo‘lga qo‘yilgan va bu standart xizmatlardan biri hisoblanadi. Ya’ni, “O‘zMobayl” raqamiga qo‘ng‘iroq qilsangiz va agar abonent javob bermasa, qisqa signaldan so‘ng ovozli xabar qoldirshingiz mumkinligini robot ogohlantiradi va albatta xizmat narxi 240 so‘mligini ham aytishini eslatib o‘tamiz.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati