Munosabatlar
Today
Munosabat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Prezidentga murojaat" Telegram kanali orqali Samarqand viloyati Urgut tumani Yuqori Tegana mahallasida yashovchi fuqaro internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelayotganligi bilan bog‘liq holat yuzasidan murojaat qoldirilgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda murojaat nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.