Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olibborilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Komporuz” Telegram kanali hamda boshqa sahifalar orqali Kompaniyaning Sharqiy filiali xodimlari nomidan ekanligi va Filial masʼullari faoliyatidan norozilik bildirilgan murojaatlar tarqalgan.
Avval xabar qilinganidek, mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilib, ishlar yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi bildirilgan edi.
Shundan soʻng, holat boʻyicha
Kompaniyaning Yuridik hamda Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish departamenti masʼullari tashabbusi bilan Sharqiy filiali rahbariyati va xodimlar ishtirokida yigʻilish tashkil qilinib, mavzu yuzasidan xodimlar bilan alohida suhbatlar olib borildi. Yigʻilish davomida faoliyatda bu kabi holatlarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi va ularning oldini olish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi va xodimlar oʻrtasida zaruriy tushuntirishlar olib borildi. Xodimlar holat yuzasidan boshqa eʼtirozi yoʻqligini bildirishdi.