Munosabatlar
January 20

Munosabat

"O‘zbektelekom" AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, fuqaro ijtimoiy tarmoqdagi Facebook sahifasi orqali internet sifati yaxshi emasligi bo‘yicha e’tiroz bildirib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilganligi bildirilgan edi.

Shundan so‘ng boʻlinma mutaxassislari tomonidan murojaatchi bilan qayta aloqa oʻrnatilib, murojaat qabul qilinganligi hamda mavjud muammo tez fursatda bartaraf etilishi ma’lum qilindi.

"O‘zbektelekom" AK Axborot xizmati