November 1, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Foyzobod MFY Tinchlik ko‘chasida yashovchi fuqaro Wi-Fi ulab berishlarini so‘rab murojaat qilganligi, ammo murojaati hanuzgacha javobsiz qolayotganligidan shikoyat qilgan. https://t.me/muxbir1/12740

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. Murojaatda keltirilgan masala hududiy bo‘linma tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress