August 17, 2021

UZTELECOM Toshkentdagi Amity universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

UZTELECOM (“O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi) tegishli hamkorlik Memorandumini imzolab, Toshkentdagi Amity universiteti bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatdi.

Ushbu memorandumning asosiy maqsadi – tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, anjumanlar, seminarlar, akademik mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishdan iborat.

Shu bilan bir qatorda, talabalarni o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish va universitet bitiruvchilarining keyingi amaliyotiga ko‘maklashish, AKT sohasida eng yaxshi xalqaro tajribani joriy etish, mazkur sohada kadrlar tayyorlash sifatini oshirish ham Memorandumning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Toshkentdagi Amity universiteti tadqiqot, yaxlit rivojlanish, xalqaro korporativ tajriba va ilmiy mahoratga asoslangan yuqori saviyadagi ta’lim tajribasiga ega o‘quv muassasasi hisoblanadi. Universitet oliy ta’limning turli sohalarida, shu jumladan, axborot texnologiyalari, menejment, iqtisodiyot va turizm sohalari bo‘yicha bakalavriat hamda magistratura bosqichlarida kasbiy yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini taklif qiladi. Universitetda O‘zbekistonning strategik qarashlariga mos keladigan istiqbolli tadqiqotlarga doir ta’lim jarayoni jahon standartlari darajasida olib boriladi.

Манба

@uztelecomuz

@uztelecompress