Munosabatlar
November 5

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Потребитель.Уз” guruhi orqali fuqaro mobil aloqa bo‘yicha tarif rejasidagi o‘zgarishlardan shikoyat qilib murojaat qoldirgan.

Ushbu murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tegishli bo‘linmaga xabar berganligi va bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchi bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirilib, mavjud muammo ijobiy hal qilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati