Munosabatlar
February 28

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Халк Назорати” Telegram kanali orqali fuqaro tarif rejalari narxiga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, mavjud masala yuzasidan tushuntirish berganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati