Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali fuqaro Toshkent viloyati Xo‘jаkent hududida telefon kabeli yonib ketganligi natijasida abonentlar telefon va Internet tarmog‘isiz qolganligini aytib murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, haqiqatan ham Chorvoq hududidagi "Beshtut" MFY yo‘nalishdagi ATSga tegishli aloqa kabeliga yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i bilan qisqa tutashuvi natijasida zarar yetgan. Hozirda ushbu yo‘nalishda aloqa va Internet xizmatini tiklash yuzasidan avariya-tiklov ishlari amalga oshirilmokda. Ishlar 14-may sanasiga qadar yakunlanishi bildiriladi.