Munosabatlar
October 15, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan: UZTELECOMning Facebookdagi rasmiy sahifasida fuqaro Zafar Handam Eshonqul O‘g‘li tomonidan quyidagi murojaat kelib tushgan:

«Assalomu alaykum, Uztelekom xodimlari! Bizning tuman markazidagi aloqa liniyalari o‘tganiga 50 yildan oshdi. Shu liniyalardan haligacha foydalanilmoqda. Aholi soni oshgan, davlat tashkilotalri, idoralar soni ko‘paygan. Buning ustiga ATS ham haliyam eski liniyada. Uy telefoni va interneti ishlashi o‘ta harob! Bundan uch oycha avval eski tarmoqni optik tolali kabelga almashtirishlari uchun nima qilish kerak degan savolimga, o‘n kishi ariza bilan murojaat qilsa almashtirishadi degan javobni olgandim. Uch oycha oldin o‘n kishi ariza bilan mahalliy Uztelekom filialiga murojaft qilgandik. Arizani bergan mahalladoshim uni ro‘yxatdan o‘tgan yo o‘tmaganini ham bilmaydi. Endi nima qilsak bo‘ladi?».

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilgan va fuqaro Zafar Xandam Eshonqul O‘g‘li Samarqand viloyati Qo‘shrabot tuman, Beruniy ko‘chasida istiqomat qilishi aniqlangan. Mazkur murojaat mazmuni hududiy bo‘linmaga yetkazilgan va natijada ushbu masala bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

"O‘zbektelekom" AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress