Munosabatlar
March 25

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqaro “Threads” ijtimoiy tarmog‘i orqali kompaniya tomonidan texnik ishlari amalga oshirilgan bir kun uchun abonement to‘lov muddatini bir kunga uzaytirishni so‘rab murojaat qilganda murojaatni ko‘rib chiqish muddatiga e’tiroz bildirib murojaat qoldirgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqdagi "Komporuz" Telegram kanali orqali Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro internet tarmog‘ida texnik nosozliklar kuzatilayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Birinchi murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi: odatda ushbu mazmundagi murojaatlar ommaviy oferta va shartnomada keltirilganidek, shuningdek murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibiga muvofiq muayyan tartibda amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra fuqaroga mazkur jarayonda uztelecom.uz pochtasi orqali yoki ofisga tashrif buyurib murojaat qoldirilishi zarurligi tushuntirilganligi bildiriladi.

Ikkinchi murojaatda keltirilgan masala tezkorlik bilan hududiy bo‘linmaga yuborilganligi hamda hududiy mas’ullar tomonidan nazoratga olinganligi va mavjud masala ijobiy hal etishga yo‘naltirilganligi ma’lum qilinadi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati