Munosabatlar
June 20
Munosabat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Komporuz" Telegram kanali orqali fuqaro Shaxrihon tumanining Vahim Karnaychi Qoziqorgon Muhammadhoshim mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida internet xizmatlarida uzilishlar yuzaga kelayotganligi aytilgan murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan nazoratga olinganligi bildiriladi. Shu bilan birga, murojaat e’lon qilingan axborot kanali adminiga murojaat yuzasidan bog‘lanish uchun biror manba taqdim etilishi so‘ralib so‘rov qoldirilgan. Bog‘lanish uchun manba taqdim etilishi bilan murojaat ijobiy hal etishga yo‘naltirilishi ma’lum qilinadi.