January 12, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Muxbir Daliev” Telegram kanali orqali Samarqand viloyati, Qorasuv Massivi hududida yashovchi fuqaro hududdagi “Silver telecom” operatorining WiFi tarmog‘iga ulanganligi va so‘nggi 3 kun davomida uzilishlar kuzatilayotganligidan shikoyat qilgan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, murojaatda keltirilgan “Silver telecom” Kompaniyaga aloqadar emas va xususiy operatorlar bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqish Kompaniya vakolatiga kirmaydi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress