“Özbektelekom” AK tomonidan Asaka tumanida navbatdagi sayyor qabul ötkazildi
2026-yil 19-noyabr kuni “Özbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Andijon viloyati Asaka tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabi binosida navbatdagi sayyor qabul taşkil etildi.
Sayyor qabul davomida Asaka tumanidagi “Fayziobod”, “Axtaçi”, “Yangi Sör” hamda “Qonli” mahalla fuqarolar yiğinlaridan kelgan aholi vakillarining murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mas’ul mutaxassislar iştirokida atrofliça körib çiqilib, ularni hal etiş yuzasidan tegişli çoralar körildi. Muhimi, kelib tuşgan murojaatlarning barçasi sayyor qabulning özida ijobiy hal etildi.
Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini joyida örganiş, mavjud muammolarga tezkor yeçim topiş hamda fuqarolar bilan bevosita muloqotni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Özbektelekom” AK aholi murojaatlari bilan işlaş, ularning muammolarini öz vaqtida hal etiş va körsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxşilaşga qaratilgan işlarni izçil davom ettiradi.