Munosabatlar
July 17, 2023

Munosabat

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “SizdanTelegram” Telegram kanali orqali Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Taraqqiyot mahallasi Sputnik ko‘chasi hududida aholini internet xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida boshlangan ishlar yakuniga yetmay qolganligi va qo‘shimcha talab etiladigan aloqa kabellarini aholining o‘zlari tortib borishi kerakmi degan savol mazmunida murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, joriy yilning 15-iyuliga qadar hududda aloqa qamrovi to‘liq tashkil qilinishi to‘g‘risida dastlabki ma’lumot berilgan edi.

Ma’lumotda ta’kidlanganidek, hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan belgilangan muddatga qadar murojaatda keltirilgan hududda telekommunikasiya xizmatlari zamonaviy GPON texnologiyasi asosida foydalanish imkoniyati yaratildi va mavjud muammo ijobiy hal etilganligini ma’lum qilamiz.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati