May 24, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri sobiq (Mehnat) stadioni yonidagi simyog‘ochlar UZTELEСOMga tegishli ekanligi va ular ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi tufayli hudud aholisiga xavf tug‘dirayotganligi tanqid qilingan.

Mazkur murojaat Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan masalaga oydinlik kiritishganligini (bu borada murojaatchiga o‘z vaqtida ma’lumot berilgan), o‘rganishlar natijasiga ko‘ra mazkur hududdagi simyog‘ochlar Kompaniyaga tegishli emasligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati