Konferеnsiya: Axborot xizmatlari faoliyatida ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon
Bugungi kunda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 18-aprel kuni Agentlik hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlar axborot xizmatlari uchun “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusidagi konferеnsiya tashkil qilindi. Unda “O‘zbektelekom” AK Boshqaruv raisi Matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Timur Mamadjanov ishtirok etdi va ochiqlik siyosati, matbuot kotiblarining inqiroziy vaziyatlardagi o‘rni, tezkorlik va xolislik masalalariga bag‘ishlab ma’ruza qildi.