Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi sahifasi orqali fuqaro Samarqand viloyatlar bilan ishlash Telegram guruhiga murojaat yo‘llash uchun pullik ovoz berishi talab etilganligi yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilganligi va murojaatda keltirilgan masala bo‘linma mutaxassislari tomonidan ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

Shuningdek, xizmatlar yuzasidan murojaat yo‘llamoqchi bo‘lgan abonentlarga quyidagi murojaat yo‘llash manbalaridan foydalanishi mumkinligini ham eslatib o‘amiz:

Savollaringizni tez hal qilish uchun @uztelecomchatbot orqali;

– Kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali;

MyUZTELECOM ilovasi orqali;

– Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhida savol qoldirish orqali;

– Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi Facebook, Instagram rasmiy sahifalarida qayta aloqa yo‘li bilan;

Telegram-bot;

– Kontakt markazi:

• Internet va IPTV xizmatlari bo‘yicha – 1084;

• Mobil aloqa bo‘yicha – 1099;

• Korporativ mijozlar uchun – 1155 qisqa raqami orqali.

Barchasi sizning qulayligingiz uchun.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati