Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Yangiyoʻlliklar" Telegram kanali orqali hududdagi "Baxt" MFY Ijodkor koʻchasida internet tarmogʻi kabellari tartibsiz holga kelib qolganligi toʻgʻrisida murojaat yoʻllanganligi hamda mazkur murojaat Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilganligi, shunga ko‘ra ishlar natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berilishi bildirilgan edi.

Murojaat ijobiy hal qilindi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati