Munosabatlar
May 26

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ELTUZ” Telegram kanali, Facebook tarmog‘idagi “ELTUZ” va “ZAMONDOSH – TDT” guruhlariorqali fuqaro Internet tarmog‘idagi uzilishlar bo‘yicha shikoyat qilib murojaat qilgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari nazoratiga olinganligi va ayni paytda ushbu holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilayotganligi bildiriladi. Shunga ko‘ra, ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati