Soha yangiliklari
April 19

Soha xodimlarining ochiq osmon ostidagi muzeyga sayohati  

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida soha xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli madaniy tadbirlar, mamlakatimizning diqqatga sazovor manzillariga tashriflar uyushtirib kelinadi.

Samarqand filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlar uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ochiq osmon ostidagi muzey – Xiva hamda qadimiy Buxoroga tashkil qilingan sayohat ana shunday tadbirlarning navbatdagisi bo‘ldi.

Soha xodimlari sayohat davomida shahar va undagi har bir obida tarixi bilan yaqindan tanishdi. Asrlar davomida nafaqat mamlakatimiz aholisi, balki dunyo xalqlarini hayratga solib kelayotgan Xiva hamda Buxoro hayratlaridan bahramand bo‘lishdi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati