Soha yangiliklari
October 6, 2021

Sayyor qabul murojaatlarga yechim topmoqda

Joriy yilning 6-oktyabr kuni “O‘zbektelekom” AK mas’ul xodimlari hamda Buxoro filiali rahbariyati tomonidan viloyatning Vobkent tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda Kompaniya tomonidan bugungi kunda respublika miqyosida, jumladan, Vobkent tumanida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari, aholiga zamonaviy texnologiyalar orqali sifatli xizmatlarni taqdim etish, infratuzilma obyektariga optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, amaldagi tarif rejalari to‘g‘risida axborot berildi.

Yig‘ilishda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish masalalariga oid fuqarolardan kelib tushgan 60 dan ziyod taklif va murojaatlar Kompaniya rahbariyati tomonidan joyida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli tartibda huquqiy ma’lumotlar berildi. Telekommunikatsiya xizmatlariga ulanishga oid murojaatlarni esa qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.


***

Выездные приемы помогают решать обращения граждан

6 октября текущего года ответственными работниками АК “Узбектелеком” и руководством Бухарского филиала в Вобкентском районе проведен очередной выездной прием.

В рамках мероприятия была предоставлена информация о текущих проектах Компании в стране, в том числе о развитии телекоммуникационных сетей в Вобкентском районе, предоставлении качественных услуг населению с помощью современных технологий, прокладке волоконно-оптических линий связи до объектов инфраструктуры, действующих тарифных планах.

В рамках приема более 60 предложений и обращений граждан по вопросам оказания телекоммуникационных услуг были рассмотрены представителями Компании на месте, по ним предоставлена ​​правовая информация. Также даны поручения руководителям, ответственным за скорейшее положительное рассмотрение заявок на подключение к телекоммуникационным услугам.

@uztelecomuz

@uztelecompress