Soha yangiliklari
May 6

Olmaliq shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi xodimlari shaharni obodonlashtirishga katta hissa qo‘shmoqda 

“O‘zbektelekom” AK tomonidan soha xodimlari, xususan yoshlar o‘rtasida mahalla hududlaridagi jamoatchilik ishlarida faollikni oshirish, bu orqali qadriyatlarga bo‘lgan ijobiy munosabatini mustahkamlash maqsadida turli ijtimoiy loyihalar o‘tkazib kelinadi.

Shundan kelib chiqqan holda, Olmaliq shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi xodimlari shaharning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, uni obodonlashtirishga katta hissa qo‘shmoqda. Shahar hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha navbatdagi tashabbus doirasida xodimlar tomonidan qabristonni tartibga keltirish, piyodalar uchun mo‘ljallangan hududlarni obodonlashtirish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Ushbu obodonlashtirish ishlari tufayli Kompaniya xodimlari mahalliy aholi, qabristonga tashrif buyuruvchilar va boshqa fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga yordam berdi.

Bunday tadbirlar Kompaniya xodimlari o‘rtasida jamoaviy va ijtimoiy ruhni rivojlantirishga va hududda ijobiy imidjni shakllantirishga yordam beradi. Xodimlar bundan buyon Olmaliq shahrining gullab-yashnashi va rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shishga intilib, shu kabi loyihalarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

Сотрудники Алмалыкского городского узла телекоммуникаций вносят значительный вклад в благоустройство города

Акционерная компания «Узбектелеком» реализует различные социальные проекты среди работников отрасли, особенно молодежи, чтобы повысить их участие в общественных делах махалли и укрепить их позитивное отношение к ценностям.

Исходя из этого, сотрудники Алмалыкского городского узла телекоммуникационной активно участвуют в общественной жизни города и вносят большой вклад в его благоустройство. В рамках очередной инициативы по благоустройству городских территорий сотрудниками была проведена обширная работа по обустройству кладбища и благоустройству территорий, предназначенных для пешеходов.

Благодаря этим улучшениям сотрудники Компании помогли создать более комфортную и безопасную среду для местных жителей, посетителей кладбищ и других горожан.

Подобные мероприятия способствуют развитию коллективного и социального духа среди сотрудников Компании и созданию положительного имиджа в регионе. Сотрудники планируют участвовать в подобных проектах, стремясь внести весомый вклад в процветание и развитие города Алмалык.

Пресс-служба АК «Узбектелеком»