Munosabatlar
December 10

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ANTIKORRUPSIYA/расмий” Telegram kanali orqali Toshkent shahrida (aniq manzil keltirilmagan) Internet tarmog‘i tezligi bilan bo‘g‘liq muammo yuzasidan murojaat e’lon qilingan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tegishli bo‘linmaga xabar bergan. Shundan so‘ng bo‘linma mutaxassislari murojaatga oydinlik kiritib, zaruriy tushuntirishlar berilganligi va mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati