Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro internet tarmog‘ida yuzaga kelgan muammo bilan bo‘liq murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan va bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatchiga qayta aloqaga chiqishgan.
Holatga oydinlik kiritib, masala yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berilganligi bildiriladi va murojaat nazoratga olinib, ijobiy hal etishga yo‘naltirilganligi ma’lum qilinadi.