Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi "Potrebiteli Uzbekistana" guruhida orqali abonent mobil raqamiga uning roziligisiz pullik kontent xizmatlari ulanib qolganligidan va bu borada murojaat qilib mablag‘ini qaytarib berishni talab qilgan so‘rovi natijasiz qolganligidan shikoyat qilganligi mazmunida murojaat e’lon qilingan.

Ushbu ma’lumot bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Avvalambor, Kompaniya har doim abonentlar uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lamini oshirish maqsadida muntazam ravishda faoliyatini yanada muvofiqlashtirishga intiladi. Shunga ko‘ra hech bir abonent o‘z roziligisiz biror bir kontent-xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanmaydi. Bu borada abonentlardan ma’lum bir muddat bepul foydalanish aksiyasi doirasida ma’lum bir kontent-xizmatiga ulanishdan avval, keyinchalik bu xizmat pullik bo‘lishini yoddan chiqarmasliklarini eslatib o‘tamiz! Biroq, har qanday xizmatga ulanish vaqtida abonentdan pul mablag‘lari yechilmaydi. Chunki kontent-provayderlar Uztelecom mobil aloqa xizmati abonentlariga servis bilan tanishish uchun 24 soat mobaynida obunani bepul taqdim etadi. Odatda bu kabi xizmatlardan kiruvchi SMS xabarlar ba’zi holatlarda SPAM papkasiga tushishi hamda abonent nazaridan chetda qolishi mumkin. Buning uchun tez-tez SPAM papkasini tekshirib turishingizni so‘rab qolamiz! Shuningdek, Uztelecom mobil aloqa xizmati kontent-provayderlarining axborot-ko‘ngilochar (kontent) xizmatlari mavjud bo‘lib, ularga abonent faqat o‘z ixtiyoriga ko‘ra ulanishi mumkin.

Mobil operator tomonidan abonentlarning xohishisiz hech qanday kontent xizmatlari avtomatik tarzda ulanmaydi va bunga yo‘l qo‘yilmaydi!

Xizmatlarga obunani bekor qilish usullari:

- USSD orqali – *199# terib qo‘ng‘iroq tugmachasini bosganda barcha Kontent xizmatlarini o‘chirish uchun;

UZTELECOM aloqa operatori har bir abonentini qadrlaydi va eng qulay va xamyonbop xizmatlarni taqdim etishda davom etadi!

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati