Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel” guruhi orqali “Do‘stlik-2” massivi 7-sonli aholi turar joyida yashovchi fuqaro mazkur uyning tom qismiga Kompaniyaga tegishli baza stansiyasi fuqarolar roziligisiz qurilganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, holat yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi va mazkur baza stansiyasi haqiqatan ham Kompaniyaga qarashli ekanligiga oydinlik kiritildi. Shu bilan birga, ushbu baza stansiyasi hali ishga tushirilmaganligi, biroq o‘rnatish ishlari qonuniy tarzda aholi roziligi bilan amalga oshirilayotganligi ma’lum qilinadi.