September 22

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda "ХАЛҚ НАЗОРАТИ - НАРОДНЫЙ КОНТРОЛЬ" Facebook guruhi orqali Fargʻona viloyati Sux tumanida yashovchi fuqaro hududda Wi-Fi tarmogʻi yaxshi ishlamayotganligi yuzasidan murojaat yoʻllagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi va murojaatda keltirilgan masala boʻlinma mutaxassislari nazoratiga olinganligi bildiriladi. Ishlar yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

“O‘zbektelekom”AK Axborot xizmati