August 8, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Oʻzbektelekom" Aksiyadorlik kompaniyasi xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Yangiyo‘l tumani Ahil MFYda yashovchi fuqarolar hududda uyali aloqa antennasi o‘rnatilayotganligi va uning yaqinida maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjudligini aytib, ushbu holat bolalar salomatligiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligidan shikoyat qilgan.

https://t.me/Yangiyolliklaruz/11547

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida mazkur masala hududiy bo‘linma tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress