IMEI-kodlarni ro’yxatdan o’tkazish endi butun O’zbekiston UZTELECOM GSM/CDMA savdo va xizmat ko’rsatish ofislarida mavjud
Oson, qulay va tez! IMEI kodlarini ro‘yxatga olish, tekshiris va blokdan chiqarish endi UZTELECOM GSM/CDMA savdo va xizmat ko'rsatish ofislarida.
UZIMEI tizimi O'zbekistonda joriy qilinganidan beri ko'plab mobil qurilmalar foydalanuvchilarida ko'pincha IMEI kodlarini ro‘yxatdan o'tkazish bilan bog'liq savollar va muammolar mavjud. Ko'pincha, o‘zlarining qurilmalarini blokirovka qilish muammosiga duch kelgan odamlar, qayerga murojaat qilishni bilmas edilar va bu jarayon juda ko'p vaqtni talab qiladi va odamni aloqasiz qoldiradi.
Endi abonentlarimizga qulayliklar yaratish maqsadida butun Respublika bo'ylab UZTELECOM GSM/CDMA markaziy savdo va xizmat ko'rsatish ofislari operatorlari mobil qurilmalaringizning IMEI kodlarini ro‘yxatga olish, tekshirish, blokdan chiqarish va boshqa operatsiyalar bilan bog'liq har qanday muammolarni hal qilishga yordam beradi.
IMEI kodlari bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha Siz Kompaniyaning quyida ko‘rsatilgan manzillar bo’yicha operatorlarga murojaat qilishingiz mumkin:
- Andijon shahri, Cho‘lponshoh ko‘chasi, 9A
- Buxoro shahri, M. Iqbol ko‘chasi, 5A
- Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi
- Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 7
- Shahrisabz shahri, Ipak yuli ko‘chasi, 328
- Navoiy shahri, G‘alaba shox ko‘chasi, 176
- Namangan shahri shahri, A. Raximova ko‘chasi, 13 A
- Nukus shahri, Garesizlik ko‘chasi, 110
- Samarqand shahri, Pochta ko‘chasi, 9
- Guliston shahri, O‘zbekiston shox ko'chasi, 127
- Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi, 28
- Denov shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 38A
- Farg'ona shahri, B. Marginoniy, 30B
- Qo'qon shahri, Yangi Chorsu ko‘chasi, 264A
- Urganch shahri, Isloma Karimov ko‘chasi, 63
- Toshkent shahri, Bunyodkor, 8; A. Navoiy ko‘chasi, 8
- Chirchiq shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 158
- Nurafshon shahri, Bobur ko‘chasi, 1A
Eslatib o'tamiz, respublikada UZIMEI tizimining joriy etilishi mobil qurilmalar egalarining huquqlarini himoya qilish, ularning noyob identifikatsiya kodlarining to'g'riligini tekshirish, egalarining bilmagan holda noqonuniy sotilishi va ishlatilishining oldini olishga yordam beradi.