December 29, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati Koson tumani Lolazor mahallasi Ibn Sino ko‘chasida yashovchi fuqaro xonadoniga 6 oydan buyon Wi-Fi qurilmasini o‘rnatib berishmayotganligidan shikoyat qilgan.

https://www.facebook.com/groups/xalqnazorati/posts/1144645269607100/

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, masala ijobiy hal etilgan va murojaatchi Wi-Fi qurilmasi bilan ta’minlangan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress