E`tirof
December 26, 2024
Tayanch stansiyalarining qurilishi va modernizatsiyasi: 2024-yilda millionlab foydalanuvchilar uchun aloqa mustahkamlandi
Kompaniya tomonidan tayanch stansiyalarini keng ko‘lamda qurish hamda modernizatsiya qilish ishlari 2024-yilda ham davom ettirildi. Xususan, “Yangilanish mavsumi” loyihasi doirasida 520 dan ortiq obyektda qariyb 2000 ga yaqin yangi tayanch stansiyasi o‘rnatilib, ishga tushirildi. Shuningdek, mavjud 4 200 dan ziyod stansiya modernizatsiya qilindi. Buning natijasida 4G va 5G qamrovi, hatto olis hududlarda ham yaxshilandi.
Bu esa raqamli tengsizlikni qisqartirish va aloqa sifatini oshirish imkonini berdi.
UZTELECOMning 2024-yildagi asosiy natijalarini shu ruknda kuzatib boring!