Munosabatlar
October 28, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan: Namangan viloyati Namangan tumani To‘sar MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro mahallasi hududiga internet tarmog‘i yetkazib berilishi, shuningdek, qo‘shni Qorako‘l MFY hududidagi Uzmobile antinasini ishlatib berishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan.

Ushbu fuqaro murojaati Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan ishlar reja asosida tizimli ravishda amalga oshirilayotganligi xususida tushuntirish ishlari olib borilgan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress