Munosabatlar
December 29, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali Toshkent shahrida yashovchi fuqaro ulangan internet tarmog‘I tariff rejasida ko‘rsatilgan tezlik bilan ishlamayotganligidan shikoyat qilib, bu borada amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi, shuningdek birlamchi tushuntirish ishlari olib borilganligi hamda murojaat nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati