Munosabatlar
April 15
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro ma’lum vaqtdan beri xonadoniga ulangan Internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligi, shuningdek hududga o‘rnatilgan kabel qurilmasi texnik me’yorlarga javob bermaydigan holatga kelib qolganligini ta’kidlab, bu borada amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat qoldirgan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari masalaga oydinlik kiritib, ular tomonidan mavjud muammo bartaraf etilganligi bildiriladi.