Munosabatlar
June 18

Munosabat

Ijtimoiytarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborotxizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda "BASTION"
Telegram kanali orqali kompaniya bilan mehnat shartnomasi tugatilgan bir necha fuqarolarkompensatsiya mablag‘larining to‘lab berilishi kechikayotganligidan shikoyat
qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot
xizmati tomonidan tegishli hududiy bo‘linmagaxabar berilganligi va murojaatda keltirilgan masala nazoratga olinganligi
bildiriladi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati