Munosabatlar
February 21

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘i ishlamayotganligi, bu boradagi murojaatlari natijasiz qolayotganligiga e’tiroz bildirib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojatchi bilan bog‘lanishganligi, fuqaro murojaatini ijobiy hal qilinganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati