Xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
“O‘zbektelekom” AK Sirdaryo filialida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida “Ona yurt fidoyilari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Filial mas’ullari, yetakchilari va yoshlar ishtirok etgan davra suhbatida yurtimizda har bir sohani rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, xususan yosh avlodning ongini yuksaltirish va ularning dunyoviy ilmlarni o‘zlashtirishida ajdodlarimiz – Jadidchilarning hayoti, yurtga sadoqati va fidoyiliklari ibrat bo‘lishi lozimligi aytib o‘tildi.
Davra suhbati davomida ilg’or ta’lim, yuksak ma’rifat haqiqiy tajribaga asoslangan taraqqiyot Jadidlar orzusi bo‘lganligi va bugunning yoshlari bunga munosib bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barsa savollarga javob olishdi.