Soha yangiliklari
December 1
Rahbar xodimlarning huquqiy bilimlari mustahkamlandi
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida tashkil etilgan “Korrupsiyaviy harakatlar uchun intizomiy va jinoiy javobgarlik” mavzusidagi o‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Davlat tuzilishi va boshqaruvining huquqiy asoslari” kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi Shavkat Asadov qatnashdi.
Unda rahbar xodimlar korrupsiya tushunchasi, uning turlari, oqibatlari hamda oldini olish bo‘yicha mavjud normativ-huquqiy asoslar batafsil yoritildi. Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, joriy etilgan yangiliklar hamda amaliy mexanizmlar haqida bilimlarini oshirishdi.