Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel.Uz” guruhi orqali fuqaro nomiga telefon raqami rasmiylashtirilganligi haqida xabar olganligi, biroq u hech qanday raqam sotib olmaganligini bildirib murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatchiga qayta aloqaga chiqishgan va zaruriy qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi so‘ralgan.
Murojaat nazoratga olinfanligi hamda murojatchchi so‘ralgan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi bilan mavjud muammo bartaraf etilishi ma’lum qilinadi.