Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro Qibray tumani, O‘nqo‘rg‘on MFY, R. Azizxo‘jayev ko‘chasida aloqa kabellari tartibsiz holga kelib qolganligi ta’kidlangan murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga yo‘naltirilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatni nazoratga olib, holatni o‘rganishganda mazkur masalaning kompaniyaga aloqador emasligi ochiqlandi va bu borada murojaatchiga ma’lumot berilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati