Munosabatlar
July 26, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga Andijon viloyati Andijon tuman Sanoat MFY bunyodkor ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro internet tarmog‘iga ulanish borasida yo‘llagan murojaati e’tiborsis qoldirib kelinayotganligidan shikoyat qilgan.
Murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, bu haqda tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. Murojaat mutaxassislar tomonidan nazoratga olinganligi ma’lum qilinadi. Ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.