September 28, 2021

UZTELECOM barchani O‘zbekistonda Belarus kinosi kunlariga taklif etadi

“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasidagi Belarus kinosi kunlari UZTELECOM hamkorligida Toshkent, Samarqand va Guliston shaharlarida o‘tkaziladi.

Joylardagi tadbirlarda Belarusiyadan tashrif buyurgan kinoijodkorlar delegatsiyasi ishtirokida belaruslik rejissyorlarning filmlari taqdim etiladi, jumladan:

Vladimir Karachevskiy – «Belarusfilm» milliy kinostudiyasi bosh direktori,

Pavel Ivanov – Belarus davlat san’at akademiyasi Ekran san’ati fakulteti dekani

Galina Adamovich – hujjatli filmlar rejissyori, Belarus kinematograflar uyushmasi a’zosi, ko‘plab xalqaro kinofestivallar g‘olibi,

Dmitriy Astraxan – belarus va rus teatr hamda kino rejissyori, prodyuser, teleboshlovchi, aktyor, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist,

Alla Prolich – mashhur Belarus kinoyulduzi.

Shu munosabat bilan joylarda o‘tkaziladigan tadbirlarga tashrif buyuring va Belarus kinematografiyasiga yanada yaqinroq bo‘ling!

Belarus kinosi kunlari dasturi:

29-sentyabr

Toshkent

«Qo‘poruvchi taqdiri. (Судьба диверсанта)»

Rejissyor: Dimitriy Astraxan

Ko‘rgazma joyi: "Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi"

Soat: 10.00 da.

«Urush. Inson bo‘lib qolmoq. (Война. Остаться человеком)»

Rejissyor: Mitriy Semenov-Aleynikov

Ko‘rgazma joyi: "Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi"

Soat: 14:00 da.

30-sentyabr 

Samarqand 

«Qo‘poruvchi taqdiri. (Судьба диверсанта)»

Rejissyor: Dimitriy Astraxan

Ko‘rgazma joyi: "Yoshlar markazi"

Soat: 10:30 da:

«Prantish Virvich sarguzashtlari. (Авантюры Прантиша Вырвича)»

Rejissyor: Anisimov, Aleksandr Aleksandrovich

Ko‘rgazma joyi: "Yoshlar markazi"

Soat: 14:00 da.

«O‘yinchi qoidalari. (Правила геймера)»

Rejissyor: Igor Chetverikov

Ko‘rgazma joyi: "Yoshlar markazi"

Soat: 16:00 da.

1-oktyabr

Guliston

«Qo‘poruvchi taqdiri. (Судьба диверсанта)»

Rejissyor: Dimitriy Astraxan

Ko‘rgazma joyi: "Musiqali drama teatri"

Soat: 11:00 da.

«Urush. Inson bo‘lib qolmoq. (Война. Остаться человеком)»

Rejissyor: Mitriy Semenov-Aleynikov

Ko‘rgazma joyi: "Musiqali drama teatri"

Soat: 14:00 da.

UZTELECOM – UZTELECOM –“Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali hamkori!

@uztelecomuz

@uztelecompress