Soha yangiliklari
Yesterday

Soha xodimlarining axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirokchilarga shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish, elektron pochta orqali amalga oshiriladigan kiberhujumlar, turli ko‘rinishdagi firibgarlik usullari hamda Internet tarmoqlaridagi zamonaviy kiberxavflar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, seminar davomida kiberxavfsizlikka oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, xodimlar foydalanuvchilar ma’lumotlarini himoya qilish, korporativ tizimlarda xavfsiz aloqalarni ta’minlash va shubhali faoliyatlarni aniqlash bo‘yicha bilimlarini mustahkamlab oldilar.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati