Munosabatlar
July 4

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Soyalar xabari" Telegram kanali orqali internet xizmatlariga oid murojaat eʼlon qilingan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan nazoratga olinganligi hamda murojaat e’lon qilingan axborot kanaliga qayta aloqa orqali murojaatchi bilan qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan bog‘lanish uchun manba taqdim etishi so‘ralgan.

Biroq axborot kanali mas’ullari hanuzgacha zaruriy ma’lumotlarni taqdim etmagan. So‘ralgan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi bilan murojaat ijobiy hal qilinishga yo‘naltirilishi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati