Munosabatlar
February 26
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Асакада нима гап?” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi fuqaro hududda aloqa kabellarining tartibsiz holga kelib qolganligi va xodimlarning xizmat chaqiriqlariga vaqtida kelmasligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llangan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida holat bo‘linma mutaxassislarining nazoratiga olinganib mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.