Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, joriy yilning 14-oktabr kuni “Kun.uz” rasmiy saytida “Telecom Soft” MChJ tomonidan “Yo‘l harakati qoidalarini avtomatlashtirilgan nazorat qilish tizimlari uchun qurilmalarni xarid qilish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tenderda g‘olib tashkilotlarning bir manzilda joylashganligi ta’kidlangan ma’lumot e’lon qilingan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Jamiyat tomonidan avtomatlashtirilgan nazorat qilish tizimlari uchun qurilmalar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov atroflicha o‘rganib chiqilgan va tanlov ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik (affillanganlik) hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish alomatlari mavjudligini inobatga olib, Xarid komissiyasi mazkur xarid natijalarini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

“Telecom Soft” MChJ davlat xaridlarini qonunchilik talablariga qat’iy rioya etgan holda, shaffoflik, xolislik va adolatli raqobat tamoyillari asosida amalga oshirishga ustuvor ahamiyat qaratadi.

Shunga ko‘ra, mazkur holat atroflicha o‘rganilib, 2026-yil 13-oktabrda Xarid komissiyasi tegishli qarori bilan tanlov natijalari bekor qilinganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati