Munosabatlar
October 1, 2023

Munosabat 

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ЯНГИ-ЯНГИЙЎЛ” Telegram kanali orqali Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Yangiyo‘l shahar Samarqand ko‘chasidagi “kolodeslar” xavf tug‘diruvchi holatga kelib qolganligi va mutasaddi tashkilotlardan mavjud muammoni bartaraf etish so‘rab murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat boʻyicha quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, murojaatda keltirilgan manzilda ko‘rsatilgan “kolodeslar” Kompaniyaga qarashli emasligi, shu bois mavjud murojaatni ko‘rib chiqish Kompaniya vakolatiga kirmasligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati